Sport | 07:56 / 19.04.2016
2041
1 daqiqa o‘qiladi

"Chelsi"ning o‘smirlar jamoasi ikkinchi marta o‘smirlar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasining g‘olibi bo‘ldi

"Chelsi"ning o‘smirlar jamoasi ketma-ket ikkinchi marta o‘smirlar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasining g‘olibi bo‘ldi. Shveytsariyaning Non shahrida, "Kolovrey" stadionida o‘tgan musobaqaning finalida londonliklar Fransiyaning "PSJ" jamoasini 2:1 hisobida yutdilar.

"Chelsi" tarkibida gollarni Fikayo Tomori (10-daq.) va Keysi Palmer (61-daq.), "PSJ"da esa Yaku Meite (58-daq.) kiritdi.

O‘smirlar Chempionlar Ligasi 2013/14 yillardagi mavsumdan o‘tkazila boshlangan. Musobaqa UYeFA Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etadigan klublarning o‘smirlar klublari (19 yoshgacha) uchun yaratilgan.

"Chelsi" bu musobaqada ikkinchi marta g‘olib bo‘ldi. O‘tgan yilgi musobaqa finalida londonliklar Donetskning "Shaxtyor" klubini 3:2 hisobida mag‘lub etgandilar. O‘smirlar Chempionlar Ligasining 2014 yilgi birinchi musobaqasida "Barselona" g‘olib bo‘lgan.