16:54 / 19.04.2016
1548

«PSJ» Joze Mourinoni jamoa bosh murabbiyligiga taklif etdi

Londonning «Chelsi» klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino yozda Fransiyaning «PSJ» klubini boshqarishi ham mumkin.

Sky Sports nashri bergan xabarga ko‘ra, parijliklar klubi portugaliyalik mutaxassisga bu borada taklif bilan chiqqan.

Hozircha Mourinoning o‘zi mavsum yakuniga yetishini va «Manchester Yunayted»dagi vaoqealar rivoji qay yo‘sinda tus olishini kutib turibdi. Biroq, shu bilan birgalikda faoliyatini davom ettirish uchun yana bir variant sifatida «PSJ» taklifini ham zaxirada ushlab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniyaning Bild nashri Mourino «MYu» bilan shartnoma tuzib bo‘lgani haqida xabar bergandi.

Top