Argentina 15 yillik tanaffusdan so‘ng xalqaro obligatsiyalar chiqardi
Argentina xalqaro kredit bozorida umumiy qiymati 16,5 mlrd dollarlik obligatsiyalarni joylashtirdi va undan tushgan mablag‘ hisobiga 22 aprel kuni restrukturizatsiya qilishni rad etgan kreditorlari oldidagi qarzini to‘laydi. Respublika iqtisodiyot va moliya vaziri Alfonso Prat-Gay shu haqda ma'lum qildi.
"Bugun biz 2001 yil defoltidan batamom qutildik. Juma kuni bizga mablag‘lar kelib tushadi, shuning hisobidan kreditorlar oldidagi 9,3 mlrd dollarlik qarzimizni yopamiz", - deya izoh bergan vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu paytgacha Argentina turli fondlar bilan kredit portfelini yopish to‘g‘risida 220ta kelishuvni imzolagan. Ular davlat qarzini restruktirizatsiya (kredit shartlarini qayta ko‘rib chiqish) qilishni rad etgan edi. Ushbu bitimlar qarzlarni 40 foizga kamaytirishni ko‘zda tutadi.
Prat-Gayning qayd etishicha, Argentina tur muddatli obligatsiyalarni joylashtirgan. Ular 3, 5, 10 va 30 yilga mo‘ljallangan. Ularning o‘rtacha foiz stavkasi yillik 7,14 foizni tashkil etadi. Investorlar ko‘proq 5 va 10 yillik obligatsiyalaga qiziqish bildirishmoqda. Umumiy hisobda, Argentinaga 68,6 mlrd dollar kredit taklifi bildirilgan, ammo yakunda Buenos-Ayres 16,5 mlrd dollarlik obligatsiya joylashtirishga qaror qilgan.
Vazirning aytishicha, Argentina yil oxirigacha Nyu-Yorkda boshqa obligatsiya joylashtirmaydi.