11:04 / 20.04.2016
1685

Jangarilar Misrning Sinay yarim orolida politsiyachilarni o‘qqa tutdi

Misrning Sinay yarim oroli shimolida joylashgan Shayx Zubayd shahrida jangarilar tomonidan granatomyot orqali zarba berilishi natijasida 3 nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Shuningdek, 8 nafar kishi bu terakt tufayli jarohatlangan. Ular shifoxonaga yetkazilgan.

Shimoliy Sinay viloyatida yil boshidan buyon jangarilar hujumlari oqibatida o‘nlab politsiyachilar qurbon bo‘lgan. Bu hududda IShIDga aloqador guruhlar faoliyat ko‘rsatadi.

Hozircha bu hujum uchun javobgarlikni hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmadi.

Hozirda armiya bo‘linmalari hujum uyushtirgan terrorchilarni aniqlash maqsadida hodisa hududini ko‘zdan kechirmoqda.

Top