Sport | 20:58 / 20.04.2016
1806
2 daqiqa o‘qiladi

OChL, 5-tur. «Lokomotiv» Dubayda «An-Nasr» bilan durang o‘ynab, guruh yetakchiligini saqlab qoldi

Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan Dubayning «An-Nasr» jamoasi Toshkentning «Lokomotiv» jamoasini qabul qildi.

O‘yinning 31-daqiqasida Jires Kembo Ekoko mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan 12 daqiqa o‘tib, Temurxo‘ja Abduxoliqov javob golini urib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.

«Lokomotiv» safarda muhim bir ochkoni qo‘la kiritdi va guruhda 9 ochko bilan 1-o‘rinni saqlab qoldi.

«Lokomotiv» so‘nggi turni o‘z maydonida «An-Nasr»ga qarshi o‘tkazadi. O‘sha uchrashuvdagi durang natija ham Toshkent klubini tarixda ilk marta Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak finaliga olib chiqadi.

Osiyo Chempionlar ligasi, 5-tur
A-guruhi
«An-Nasr» – «Lokomotiv» - 1:1
Gollar: 1:0 - 31 Jires Kembo Ekoko, 1:1 - 43 Temurxo‘ja Abduxoliqov.
«An-Nasr»: 12.Ahmad Shambix, 4.Xolid Jalol, 5.Tariq Ahmad, 6.Mahmud Hamis, 7.Nilmar, 8.Jires Kembo Ekoko, 10.Luis Ximenez, 11.Jonatan Pitroypa, 16.Amir Shambix, 18.Ahmad Al Yassi, 20.Ma'sud Sulaymon.
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Oleg Zoteyev, Salim Mustafoyev, Islom To‘xtaxo‘jayev (Sergey Proxorov, 46), Sherzod Fayziyev, Server Jyeparov, Timur Kapadze, Sanjar Shoahmedov, Marat Bikmayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Ivan Nagayev, 86), Sardor Mirzayev (Jasur Hasanov, 73).