Jamiyat | 00:15 / 20.04.2016
2162
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida ayollarning avtomobil boshqarish huquqi borasida yangi muzokaralar kelib chiqmoqda

So‘nggi kunlarda Saudiya Arabistonida ayollarning transport vositalarini boshqarish huquqiga egaligi haqida ko‘plab muzokaralar kelib chiqmoqda. Ushbu mavzu masalasi Konsultativ kengashda mamlakat qonunchilik organi vakillaridan biri bo‘lgan Sulton as-Sulton tomonidan yana bir bor ko‘tarildi.

“Nima uchun mashina boshqarishni yaxshi bilmaydigan chet elliklarni haydovchilikka olish o‘rniga ayollarni avtomobil haydashlariga sharoit yaratib bermaymiz”, - dedi u ishchi migrantlarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi qonunga bag‘ishlangan yig‘ilish chog‘ida.

As-Sulton qayd etishicha, ko‘plab arab oilalarining haydovchi yollashga imkoniyati yo‘q. Axir ularga nafaqat oylik maosh to‘lash, balki yashashlari uchun turar-joylar ham ajratish zarur bo‘ladi.

Bu tashabbusni kengash a'zolari Xayya al-Mania va Latifa ash-Sha'lan qo‘llab-quvvatlashdi.

“Ayollarning mashina boshqarish huquqlari bo‘yicha yana bir yangi muzokara o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Kengash saylov o‘tkazishdan avval vakolatli organlarga ushbu masala yuzasidan murojaat etishi kerak. Biz rasmiy tarzda ariza berdik”, - deydi al-Mania. Eslatib o‘tamiz, mamlakatda ayollarning mashina haydashlarini ta'qiqlovchi hech qanday qonun mavjud emas, barcha muammo azaldan shakllanib kelgan an'analardadir.