Jahon | 12:26 / 21.04.2016
1567
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda rossiyalik xaker 9,5 yilga qamaldi

AQSh sudi rossiyalik xaker Aleksandr Paninga (“Gribodemon” niki bilan mashhur) 9,5 yillik qamoq jazosini tayinladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Panin bank ma'lumotlarini o‘g‘irlashga mo‘ljallangan SpyEye dasturini ishlab chiqishda ayblanmoqda. Dastur 253 ta moliya muassasaning mijozlari haqida ma'lumot to‘plagan. Uning dasturi yordamida xakerlar millionlab dollarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu dastur yordamida AQShdagi 50 mln.dan ziyod kompyuter nosoz holatga keltirilgan. Sud zarar miqdorini 1 mlrd. dollar deb baholadi.

Ma'lumot uchun: Panin 2013 yilning iyul oyida Atlanta aeroportida ushlangan edi.