Jahon | 16:43 / 21.04.2016
2496
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyatida «Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda

Namangan viloyatida «Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari bugun ham ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Namangan shahri, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Uychi va Namangan tumanlarida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlardagi bayramona ruh har bir yoshning qalbiga ko‘chgan.

Targ‘ibot tadbirlari To‘raqo‘ron tumanidagi 22-o‘rta maktabda hamda Namangan tumanidagi 36-o‘rta maktablarida davom ettirildi. Unda shoirlar, yozuvchi va san'at ahli ishtirok etdi. Bunga misol qilib, shoilar - Ziyoviddin Mansurov, Chorsham Ro‘ziyev, Ibrohim Mahkamov el suygan «Eldido» guruhi xonandalari, aktyor va kinorejissiyor Farxod Xudayberdiyev va xonandalar Baxrom Nazarov, Sharof Muqimovlarni keltirish mumkin.

"Biz san'atkorlar chinakam baxtli san'atkorlarmiz, desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki biz ozod va obod, erkin va farovon yurtda yashamoqdamiz. Kim qaysi sohada mehnat qilishni istasa, barcha shart-sharoitlar muhayyo. Bugungi o‘tkazilayotgan “Kim edigu, kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mavzuidagi targ‘ibot tadbirlarida muxlislarimiz bilan yaqindan ko‘rishib, diydorlashish bizga, albatta, kuch bag‘ishlaydi", deydi xonanda Sharof Muqimov.

«Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallaashimiz kerak?” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari viloyatning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.