2015 yilda Rossiya OTMga O‘zbekistondan to‘rt ming talaba qabul qilingan
Rossiya Federatsiyasi elchisi Vladimir Tyurdenevning ma'lum qilishicha, o‘tgan yili Rossiyaning turli oliy ta'lim muassasalariga to‘rt mingdan ortiq o‘zbekistonlik talaba qabul qilindi.
U RFda ta'lim oluvchi talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinni egallashini ta'kidladi. Elchining fikricha, ta'lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik rus-o‘zbek gumanitar hamkorligining shiddat bilan rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biridir.
"Toshkentda muntazam ravishda xalqaro ta'lim ko‘rgazmalari o‘tkazildi va ularda albatta Rossiya oliy ta'lim muassasalari vakillari ishtirok etaishadi", - dedi elchi.
Bugungi kunga kelib Rossiyada O‘zbekistondan 17 ming nafar talaba tahsil olmoqda.
Toshkentda esa uchta Rossiya OTMning filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda - M.V. Lomonosov nomidagi MDU, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti hamda I.M. Gubkina nomidagi neft va gaz Rossiya davlat universiteti.