Fan-texnika | 20:03 / 22.04.2016
2034
2 daqiqa o‘qiladi

Hyundai Elantra "kuchaytirilgan" sedanining yangi suratlari paydo bo‘ldi

Carscoops portali ixtiyorida Hyundai Elantra’ning yangi "kuchaytirilgan" modifikatsiyasiga oid "josuslik" suratlari paydo bo‘ldi. Sedanni Janubiy Koreyadagi avtomobil to‘xtash joyida niqobsiz suratga olishgan.

Shunga ko‘ra, «Elantra»ning yangi namunasi Sport deb nomlanishi ma'lum bo‘lgan. Suratlardan ko‘rish mumkinki, uning bamperlari agressiv ko‘rinish olgan, old yo‘l shu'la taratuvchisi kichraytirilgan. Havoyutgich, orqa diffuzori kengaytirilib, tutun chiqarish quvuri juft ko‘rinish olgan.

Sedan yontomondan yubkalar bilan jilolanadi, old va orqa tashqi yoritqich chiroqlari shakli o‘zgaradi. Bundan tashqari, mashina podveskasi yangilanib, kuchaytirilgan tormoz mexanizmlari bilan jihozlanadi.

Hyundai Elantra Sport 1,6-litrlik 4 silindrli turbo motorga va kamida 200 ot kuchiga ega bo‘ladi. Dvigatel olti bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yoki yetti diapazonli avtomatik uzatmalar qutisi yordamida mashinani harakatga keltiradi. Sedan 8 soniyada 100 km. tezlikka erisha oladi.

Hyundai Elantra Sport’ning J. Koreyadagi rasmiy taqdimoti yaqin orada bo‘lishi kutilayapti. Shimoliy Amerikada esa, kuz mavsumida tashkil etiladigan SEMA ko‘rgazmasi doirasida mijozlar e'tiboriga havola etiladi.