Jahon | 10:47 / 22.04.2016
1339
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi ximikat moddalar saqlanadigan omborda portlash sodir bo‘ldi

Xitoydagi ximikat moddalari saqlanadigan omborlardan birida kuchli portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatgan.

Aniqlik kiritilishicha, bu hodisa Tszintszyan shahrida yuz bergan. Omborxonada portlashdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Omborxona xodimlari evakuatsiya qilingan.

Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Jabrlanuvchilar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish