Jahon | 22:58 / 23.04.2016
1616
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda bir qator Boeing samolyotlarida dvigatelni zudlik bilan almashtirish buyurildi

AQShning aviatsiya sohasidagi mutassadi idora bir qator Boeing-787 (Dreamliner) samolyotlarida o‘rnatilgan dvigatellarni zudlik bilan almashtirishni buyurdi, deb xabar bermoqda CNN telekompaniyasiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Telekompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, agar bu chora ko‘rilmasa, unda parvoz vaqtida jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. AQShning federal aviatsiya boshqarmasi yuzaga kelgan vaziyatni "xavfsizlikni ta'minlash bilan bog‘liq shoshilinch masala" deb ta'rifladi.

"Sirtda hosil bo‘ladigan muz sababli ventilyator parraklari rezina kojuxga ishqalana boshlaydi va buning natijasida dvigatel tebranishni boshlaydi", deb izoh berib o‘tdi dvigatelni ishlab chiqaruvchi GE Aviation kompaniyasi rasmiy vakili Rik Kennedi.

Bunday holat 2016 yil 29 yanvarda 7 ming metrdan ortiqroq balandlikda parvoz vaqtida yuz bergan. Federal aviatsiya boshqarmasi vakilining aytishicha, shu muammo sababli dvigatellardan biri o‘chib qolgan, biroq samolyotni qolgan dvigatelda qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lingan.