Shahzoda Charlz «Hamlet»ning kichik epizodida ishtirok etdi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning o‘g‘li, Uels shahzodasi Charlz Uilyam Shekspir vafotining 400 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tomoshada paydo bo‘ldi, deb yozmoqda The Telegraph.
Uilyam Shekspir sharafiga uyushtirilgan, Benedikt Kamberbetch va Judi Dench kabi mashhur artistlar ishtirok etgan anjumanda, shahzoda Charlz sahnada paydo bo‘lib, Hamletning butun dunyoga mashhur iborasini nutq qilgan: «Mavjud bo‘lmoqlik yoki aksincha? Muammo mana shunda». Bu esa tomoshabinlarning olqishiga sabab bo‘lgan.
Buyuk Britaniyaning mashhur shoiri Uilyam Shekspir vafot etganiga 400 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan xotira anjumani, dunyoning bir qator yirik shaharlari, xususan, Moskva va Sankt-Peterburg kinoteatrlarida ham namoyish etilishi haqida xabar qilingan edi. Jonli efir Stratford-apon-Eyvondan amalga oshiriladi.