Jahon | 19:49 / 26.04.2016
1368
1 daqiqa o‘qiladi

Putin qutida 20 donadan ziyod sigaret sotilishini taqiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir qutida 20dan ziyod sigaret donasi bo‘lishini taqiqlovchi qonunga imzo chekdi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida e'lon qilingan.

“Federal qonunlarning “Tamaki tutuni ta'siridan fuqarolar sog‘lig‘ini himoya qilish va tamaki iste'moli oqibatlari to‘g‘risida”gi 19 moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Unga muvofiq sigaret iste'mol qutisi ichida 20 tadan ziyod sigaret donasi bo‘lmaydi” — deyiladi hujjatda.

Avvalroq Davlat dumasi va Federatsiya Kengashi tomonidan ushbu qonun qabul qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish