Jahon | 09:26 / 27.04.2016
1810
1 daqiqa o‘qiladi
Manba: Vostochniy kosmodromidan birinchi raketa parvozi kechiktirilishi haqida qaror oxirgi lahzada qabul qilingan
Rossiyadagi yangi Vostochniy kosmodromidan "Soyuz-2.1a" raketa-tashuvchisining parvozi 1 kunga qoldirilishi bo‘yicha qaror oxirgi daqiqada qabul qilingan. Bu haqda TASS agentligi kosmik sohadagi manbasiga asoslanib xabar tarqatgan.
Raketa orbitaga "Lomonosov", "Aist-2D" koinot qurilmalari va SamSat-218 nanoyo‘ldoshini olib chiqishi kerak edi.
Bu parvoz kosmodromdan amalga oshiriladigan ilk parvoz bo‘lib, u 27 aprel Moskva vaqti bilan soat 05:01 ga (Toshkent vaqti bilan 07:01) belgilangan edi.
«Roskosmos»dagilar parvozning kechiktirilishi sababini ma'lum qilishmagan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, raketa parvozi 28 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 5.01da amalga oshiriladi.