Texnologiya | 19:10 / 27.04.2016
2279
1 daqiqa o‘qiladi

YouTube o‘chirib bo‘lmaydigan reklamalarni ishga tushiradi

YouTube videoxosting xizmati reklamaning yangicha ko‘rinishini sinovdan o‘tkazayotganini ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, xizmatning mobil versiyalarida 6 sekundli reklama roliklari paydo bo‘lib, ularni o‘tkazib yuborishning imkoni bo‘lmaydi. Bu haqida Google kompaniyasining blogida xabar berildi.

YouTube qayd etishicha, Bumper deb nomlangan reklamalar aynan mobil qurilmalardagi videolar namoyishidan avvalgi oraliqda yozilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, bu turdagi reklamalar yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallangan.

Shu bilan birgalikda, an'anaviy ko‘rinishdagi reklamalar ham yo‘qolmaydi — uzun roliklarni avvalgidek 5 daqiqalik tomoshadan so‘ng o‘tkazib yuborish mumkin.

Достонбек Матёкубов
Tayyorlagan Достонбек Матёкубов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish