Jahon | 11:19 / 28.04.2016
2175
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliya sog‘liqni saqlash vaziri iste'foga ketmoqda

Braziliya sog‘liqni saqlash vaziri Marselu Kastru o‘z lavozimini tark etmoqda. Kastru 27 aprelda iste'foga ketish haqidagi qarorni yaqinda hukmron koalitsiya – Braziliya demokratik harakati partiyasidan chiqib ketgani sababli qabul qilgan.

"Bugun men prezident Russeffga ketishim haqidagi arizani beraman", deb aytdi vazir. Vazir oxirgi kunlarda partiyadoshlari birin-ketin hukumatni tark etganlarini ta'kidlab o‘tdi. "Faqat men va qishloq xo‘jaligi vaziri Katya Abreu qoldi. Menga partiya qarorlarini bajara olmaganim va vazirlar mahkamasidan keta olmaganim uchun noqulay bo‘lmoqda. Bu go‘yoki men barcha siyosiy safdoshlarimga qarshi borishga qaror qilganimdek ko‘rinmoqda", deb tushuntirdi Kastru.

Kastru Braziliya sog‘liqni saqlash sohasi muammolarga, jumladan xavfli Zika virusining tarqalishi bilan duch kelgan bir paytda iste'foga ketmoqda. Bundan avvalroq Zika virusi chaqiradigan bezgak bilan kasallanganlikka gumon qilinganlar soni ikki oy ichida 90 mingdan oshib ketgani ma'lum bo‘ldi. Eng og‘ir vaziyat yozda Olimpiada bo‘lib o‘tadigan Rio-de-Janeyro shtatida vujudga kelmoqda. Kastruning o‘rnini kim egallashi hozircha ma'lum qilinmagan.