Jahon | 07:30 / 29.04.2016
2303
1 daqiqa o‘qiladi
Erkak poyezdni o‘g‘irlab, metallolomga topshirib yubordi
Rossiyaning Petrozavodsk shahrida bir erkak 11 ta temir yo‘l vagonini o‘g‘irlab, ularni bo‘laklab, metallolomga topshirib yubordi. Bu haqda "Rossiyskaya gazeta" nashri xabar bermoqda.
Erkakka nisbatan "Juda katta miqdordagi o‘g‘rilikni sodir etish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sud ma'lumotiga ko‘ra, erkak poyezdni anchadan beri mo‘ljalga olib yurgan. U poyezd vagonlarini hisobdan chiqarilgan vagonlar sifatida rasmiylashtirib, ularni bo‘laklab, temir-tersakka topshirib yuborgan. Erkak yetkazgan ziyon 2 mln rublga baholangan.