Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» «Betis»ni yengib, La Liganing birinchi o‘rniga qaytdi
Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida «Barselona» «Betis» maydoniga safar qildi. Murakkab kechgan o‘yinda kataloniyaliklar 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi.
Birinchi bo‘limda andalusiyaliklar yaxshi himoyalanishdi. «Barselona»ning o‘zi ham raqib darvozasi tomon jiddiy bosim uyushtira olmadi. Dastlabki 45 daqiqa ko‘plab sariq kartochkalar va chetlatish bilan yodda qoldi. Xayko Vestermann dastlab Messini qo‘li bilan torgani uchun, oradan 8 daqiqa o‘tib o‘zidan o‘tib, xavfli vaziyatga chiqayotgan Rakitichni yiqitgani uchun maydondan chetlatildi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Enrike shogirdlarining bosimi 5 daqiqa ichida samara berdi. O‘yingacha intervyu bergan «Betis» darvozaboni Antonio Adan, o‘zi «Real» tarbiyalanuvchisi bo‘lgani bois "Qirollik klubi"ning chempionligi yo‘lida «Barselona»ni ochkodan mahrum qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqchi ekanini aytgandi. Ammo u buni uddalay olmadi. Messining uzatmasidan keyin markaziy himoyachi va darvozabon qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishdi va Ivan Rakitich bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.
O‘yinning 81-daqiqasida Messi ajoyib pas orqali Suaresni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi va urugvaylik futbolchi o‘z imkoniyatini yo‘qqa chiqarmadi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» yana peshqadamlik o‘rniga qaytdi. Chempionat tugashiga 2ta tur qoldi.
La liga, 36-tur
Betis – Barselona 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 50 Rakitich, 0:2 – 81 Suares.
Betis – Adan, Petstselya, Montoyya, Bruno Gonsales, Vestermann, Petros, Ndiayye, Sanches (Musonda, 55), Sexudo, Sebalos (Portilo, 69), Ruben Kastro (van Volfsvinkel, 79).
Barselona – Bravo (ter Stegen, 88), Pike, Alba, Dani Alves (Serdji Roberto, 74), Buskets, Rakitich (Turan, 86), Maskerano, Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Bruno Gonsales (21), Messi (23), Pike (23), Vestermann (28), Petros (34), Dani Alves (45), Sebalos (67).
Chetlatish: Vestermann (35).
Mavzuga oid
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026