Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltinko‘lda Hokim kubogi futbol turniri g‘oliblari aniqlandi
Andijon viloyatidagi barcha tumanlarida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mahalla yoshlari o‘rtasida futbol musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Joylarda tuman hokimliklari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan futbol turnirlari mahallalarda voyaga yetayotgan ko‘plab iqtidorlarni kashf etyapti. Kuni kecha Oltinko‘lda turnirning tuman bosqichi final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
“Oltinko‘l” o‘yingohida sakkizta qishloq fuqarolar yig‘inlari - “Oraziy”, “Qo‘shtepasaroy”, “Maslahat”, “Suvyulduz”, “Ko‘makay”, “Jalabek”, “Oltinko‘l” va “Iftixor” jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan final o‘yinlari katta sport bayramiga aylanib ketgani, diqqatga sazovor. Stadionga ko‘plab futbol ixlosmandlari yig‘ildilar.

Shiddatli o‘tgan bahslarning finalida “Oraziy” hamda “Iftixor” qishloqlari yoshlaridan tuzilgan jamoalar kuch sinashib, uchrashuvda 1:0 hisobida oraziyliklarning qo‘li baland keldi.

G‘olib va sovrindorlarga tuman hokimligining diplomlari hamda “Adolat” partiyasi tuman Kengashining estalik sovg‘alari topshirildi.
- Bugun yakuniga musobaqaning maqsadi mahallalarda yashovchi uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, kelajak avlodni yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolishining oldini olish va ular orasidan iqtidorli futbolchilarni saralab olishdan iborat,-deydi Oltinko‘l tuman hokimligi bosh mutaxassisi Zafarbek Ismoilov. -Musobaqalar tumandagi mavjud 56ta mahallalarda o‘tkazilib, o‘z qishloq fuqarolar yig‘inlarida g‘olib chiqqan jamoalar final bosqichiga yetib keldi. Endi eng iqtidorli o‘yinchilaridan tarkib topgan jamoamiz, viloyat bosqichida tumanimiz sharafini himoya qiladi.



Elmurod ERMATOV, Andijon
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025