Bir neça kun oldin Administratsiya rahbari Saida Mirziyoyeva Andijon viloyatiga taşrif buyurib, viloyati rahbariyati va tuman hokimlari iştirokida işçi yiğiliş ötkazgan edi. Xususan, unda aholining içimlik suvi ta’minotini yaxşilaş muhokama qilingan.

Yiğilişda muhokama qilingan asosiy masalalardan biri 1980 yillarda qurilgan magistral suv tarmoğini yangilaş bölgandi.

G1ToYllX6AK7I9duMnzvwSfFoKdXVMpN

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tomonidan Andijon viloyatida ötkazilgan örganişlar yakuni böyiça davlat rahbariga batafsil axborot berildi.

Ma’lum qilinişiça, uşbu holat yuzasidan şaxsan prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan tezkor va qat’iy topşiriq berilgan. Bunga asosan bugunning özidayoq hududda keng kölamli quriliş va ta’mirlaş işlariga start berildi.

Xususan, köplab xonadonlar va taşkilotlar ta’minotiga daxldor bölgan Andijon şahrining Boburşoh va Oltinköl köçalaridagi magistral suv va oqova tizimlarini qayta quriş uçun 98,9 milliard söm mablağ ajratilib, amaliy işlarga kirişildi.

222

Buyurtmaçi sifatida «Suv ta’minoti va oqava suv obektlari qurilişi böyiça injiniring kompaniyasi» UK Andijon viloyati hududiy boşqarmasi tanlangan. «FAYZ BINOKOR OLTIARIQ» MÇJ esa boş pudratçi sifatida iş olib bormoqda.

Ayni vaqtda obektda 60 dan ortiq texnikalar va yuzlab işçilar işlamoqda. 2 ta asfalt kesuvçi, 40 ta ekskovator, 20 ta yuk maşinalari jalb qilingan va 350 metr yer işlari amalga oşirildi.

Belgilangan vazifalar ijrosi, mablağlarning maqsadli yönaltirilişi va quriliş işlarining sifati Prezident Administratsiyasi tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

Loyihaning amalga oşirilişi aholini barqaror va sifatli içimlik suvi bilan ta’minlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.