Qirg‘izistonda tog‘ ko‘chkisi vaqtida o‘lim qayd etilgach, qishloq aholisi evakuatsiya qilinmoqda
Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar xizmatlari Olmaluu-Buloq qishlog‘i aholisini evakuatsiya qilishni boshladi. O‘tgan haftada tog‘ ko‘chkilari tufayli bu yerda yettita xonadon vayron bo‘ldi. Natijada 15 yoshli o‘spirin nobud bo‘lgan. Yana ikki kishini qishloqdoshlari qutqarib qolishga ulgurgan.
Bosh vazir Sooronboy Jeenbekovning FHV rahbari Quvvatbek Bo‘ronov bilan uchrashuvchi yakuni bo‘yicha 73ta oilaning ko‘chirilishi to‘g‘risida respublika hukumati matbuot xizmati xabar qildi.
Favqulodda holatlar vaziri bosh vazirga yomg‘irli ob-havo sababli Suzoq tumanida tog‘ ko‘chkisining qaytalash ehtimoli mavjudligi haqida ma'lum qildi. O‘z navbatida Jeenbekov hukumatning vazifasi – xavfsizlikni ta'minlash hamda odamlarning ko‘chib o‘tishi uchun sharoit yaratish ekanini bildirdi.