Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya IIV: Bursa teraktlarini Kurdiston ishchilar partiyasi a'zosi amalga oshirgan
Turkiya ichki ishlar vaziri Efkan Ala Bursa teraktlarini mamlakatda taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi (KIP) a'zosi xudkush ayol amalga oshirganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Portlash o‘tgan chorshanba kuni (27 aprel) Bursa shahri markazi Ulug‘ Jomiy masjidi tarixiy hududida sodir bo‘lgan edi. Portlovchi moslamani xudkush-terrorchi ayol harakatga keltirgan. Terakt oqibatida undan boshqa hech kim halok bo‘lmadi. 13 kishi jarohatlangan, ularning ahvoli og‘ir emas.
Bursa terakti uchun mas'uliyatni “Kurdistonni ozod qilish lochinlari” kurd radikal tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. Tashkilot portlovchi qurilma xudkush belgilangan manzilga yetgunga qadar portlab ketganini bildirdi.
“Bursadagi terrorchilik hujumini Idir provinsiyasidan chiqqan, KIP a'zosi 1992 yili tug‘ilgan Eser Charli amalga oshirgan”, - ma'lum qildi Ala 2 may kuni jurnalistlarga.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026