Kompyuter bilan bog‘liq kamchilik tufayli Yevropa Ittifoqida 127 mln sayyoh "yo‘qolib qolishi mumkin"
Anqara tomonidan muhojirlar oqimini ushlab turish bo‘yicha kelishuvning barcha shartlarini bajarishiga Yevropa Ittifoqining javob chorasi – Turkiya fuqarolari uchun viza tartibining bekor qilinishi YeIda Yevropa davlatlari hududida bo‘lishning muddatlarini buzgan sayyohlarni aniqlovchi kompyuter tizimining yo‘qligi bois bekor qilinishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Turkiya hukumati vakillari 3 mayda Yevropa Ittifoqi tomonidan vizasiz tartibning taqdim qilinishi bo‘yicha barcha 72 ta shartni bajarishganini ma'lum qilishgan. Yevropa davlatlari hukumatlari Turkiyaning 75 mln fuqarosi uchun vizasiz tartib taqdim qilishi kerak. Shuningdek, YeIning migratsiya siyosatini yumshatish bo‘yicha loyihasi doirasida Ukraina, Kosova, Gruziyadan 52 mln odam vizasiz tartibga ega bo‘ladi.
Biroq Shengen hududining 26 ta davlati o‘rtasida YeIga kelgan va uni tark etayotganlarni qayd qilishni nazorat qiluvchi markazlashgan elektron tizim yo‘q. Ba'zi davlatlarda bunday milliy ma'lumotlar bazasi bor, biroq ular sayyohlik vizasi bo‘yicha Yevropada bo‘lish muddati buzilgan holatda befoyda bo‘ladi, chunki sayyohlar viza bo‘yicha Yevropa bo‘ylab cheklovlarsiz harakat qilishi va Yevropa Ittifoqini boshqa davlat orqali tark etishi mumkin.
Shu sababli Germaniya va Fransiya hukumati Turkiya bilan kelishuvga agar turkiyalik sayyohlar vizasiz tartibni suiiste'mol qilib, uylariga qaytmaydigan bo‘lsalar, vizasiz tartib to‘xtatilishi mumkin bo‘ladigan tuzatma kiritishni talab qilmoqda.
Avvalroq Turkiya vazirlar mahkamasi Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar bilan vizali tartibni bekor qilish qarorini chiqargandi.
Mavzuga oid
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024
YeIdagi yonuvchi posilkalar: Litvada gumondorlar ushlandi
12:30 / 05.11.2024