Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL. «Nasaf» ham guruhdan chiqa olmadi
Yana bir klubimiz Osiyo chempionlar ligasini guruh bosqichida yakunladi. Guruhning so‘nggi turida "Nasaf" BAAda "Al-Ayn" mehmoni bo‘ldi va mag‘lubiyatga uchradi.
Qarshiliklar keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatni saqlab turgan edilar. Buning uchun ular "Al-Ayn"ni mag‘lub etishlari va Rashidovning "Al-Jaish"i "Al-Ahli"ga yutqazmasligi kerak edi.
Ammo Gevorkyansiz va asosan yoshlarga tayanib o‘ynagan Berdiyev shogirdlari "Al-Ayn" maydonidan g‘alaba bilan qaytish salohiyatiga ega emas ekan. Mezbonlar ancha yirik hisobda g‘alaba qozonishi mumkin edi, Eldorbek Suyunov ko‘p vaziyatlarda jamoamizni gollardan qutqardi. "Nasaf" darvozasiga kiritilgan 2ta to‘pda Suyunovni ayblash qiyin. Qarshiliklar bir marta golga tortadigan vaziyat yaratishdi. Bobur Abduxoliqovning zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib qaytdi.
"D" guruhida "Al-Jaish" va "Al-Ayn" klublari nimchorak finalga yo‘l olishdi.
O‘zbek klublari orasida pley-offga chiqish imkoniyati faqat "Lokomotiv"da qoldi.
OChL-2016, 6-tur
“AL-AYN” – “NASAF” 2:0
Gollar: Danilo Asprillo (39), Ismoil Ahmad (90)
Bosh hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)
“Al-Ayn”: 17. Xolid Iyso, 5. Ismoil Axmad, 6. Flipp Bastos, 9. Dyanfres Duglas, 10. Umar Abdulrahmon, 16.Muhammad Alraqi, 19. Muhanad Salim, 23. Muhammad Axmad G‘arib, 29. Li Myung Ji, 50. Muhammad Fayoz, 70. Danilo Asprillo.
Zaxira: 75.Xamad Almansuri, 8.Rashid Iyso, 11. Said Alxotiri, 18.Ibrohim Diaki, 20. Hilol Said, 77. Muhammad Favzi.
“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 23.Sherzod A'zamov, 5.Ildar Mamatkazin, 7.Shuhrat Muhammadiyev, 10.Dilshod Rahmatullayev, 20.Erkin Boydullayev, 18.Bahrom Abdurahimov, 21.Azamat Allaniyozov, 31.Saydullo Rahmatov, 45. Bobur Abduxoliqov.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 14.Sharof Muhitdinov, 27.Islom Rashidxonov, 16.Dilshod Xushbakov, 38.Doniyorjon Narzullayev, 42.Najmiddin Normurodov.
Mavzuga oid
21:37 / 10.04.2026
Superligada hakamlik mojarosi. PFL hakamlar markazidan VAR yozuvini so‘radi
15:01 / 12.02.2026
«O‘zbekneftgaz» futbol klublariga homiylik qilishni to‘xtatadi
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
20:44 / 26.11.2025