«Özbekneftgaz» AJ futbol klublarga homiylik qilişni töxtatyapti. Kun.uz manbasiga köra, kompaniya Özbekiston futbol assotsiatsiyasiga rasmiy xat yuborib, «Nasaf», «Buxoro» va «Bunyodkor» klublarini moliyalaştirişni töxtatişini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uçun, Özbekiston Superligasining 2025 yilgi mavsumida «Nasaf» uçinçi, «Bunyodkor» beşinçi, «Buxoro» ön törtinçi örinni egallagandi. Milliy çempionatning yangi mavsumiga 15 kundan keyin, 27 fevral kuni start beriladi.

Eslatib ötamiz, 30 yanvar kuni prezident huzurida «Özbekneftgaz»ning kelgusidagi ustuvor vazifalari körib çiqilgandi. Yiğilişda kompaniya faoliyatida operatsion samaradorlikni oşiriş, xususan, sohaga oid bölmagan aktivlarni tasarrufdan çiqariş, homiylik tölovlarini töxtatiş hamda xarajatlarni maqbullaştiriş orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlaşga ustuvor ahamiyat qaratilişi qayd etilgandi.

2025 yil 18 noyabr kuni imzolangan prezident farmoyişi bilan, davlat kompaniyalariga prezident ruxsatisiz homiylik bilan şuğullanişni töxtatiş buyurilgan edi.