Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Milliy banki asosiy stavkasini 15 foizga pasaytirdi
Qozog‘iston Milliy banki asosiy stavkasini +/-1 foiz punkti oralig‘i bilan 15 foiz etib belgiladi.
Milliy bankka ko‘ra, mamlakatda inflyatsiyaga oid taxminlar qisqarayotgani kuzatilmoqda. Shu bilan birga, moliya bozorlarida tengedagi aktivlarga ishonch kuchayib bormoqda. Shuningdek, valyuta tavakkalchiliklarini kafolatlash bo‘yicha bozor foiz stavkalari pasaya boshlagan.
Aprel oyidagi inflyatsiya darajasi yillik 16,3 foizni tashkil etgan. Umumiy taklifdan kelib chiqadigan inflyatsiyaning ko‘tarilish ehtimoli sezilarli emas, deb baholanmoqda.
«2016 yil yakuniga kelib yillik inflyatsiya darajasi 6 foiz atrofida qolishi kutilmoqda», —deyiladi Bank matbuot bayonnomasida.
Joriy yil fevral oyida Qozog‘iston Milliy banki asosiy foiz stavkasini 17 foizga ko‘targan edi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025