Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda axborot va kommunikatsiya vazirligi tashkil etiladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatda axborot va kommunikatsiya vazirligi tashkil etilishini ma'lum qildi. Yangi davlat tashkiloti axborot siyosati bilan shug‘ullanadi, deb ma'lum qildi Nazarboyev matbuot xizmati.
Ayni vaqtda Qozog‘istonda axborot siyosati masalalarini investitsiyalar va rivojlanish vazirligining aloqa, axborotlashtirish va axborot qo‘mitasi nazorat qiladi.
"Bugungi kunda bu funksiyalar boshqa sohadagi vazirlikka yuklangan. Hukumatda hech kim bu sohani muvofiqlashtirmaydi, davlat axborot ishiga ajratadigan mablag‘larni nazorat qilmaydi. Shuning uchun joriy axborot chaqiriqlarini yengish, beshta islohotga samarali hamrohlik qilish uchun vakolatli davlat tashkiloti – axborot va kommunikatsiya vazirligini yaratish topshirig‘ini beraman", deb aytdi Nazarboyev.
Nazarboyev bu vazirlikka istalgan mulkchilik shaklidagi axborot fazosini, jumladan internet-resurslar va ijtimoiy tarmoqlarni eng o‘tkir muammolarni tezkorlik bilan aniqlash va ularga javob berish maqsadida monitoring qilish bo‘yicha vazifalarni yuklashni taklif qildi. Bu vazirlik eng dolzarb mavzu va masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish, axborot so‘rovlari va aholi umidlarini tahlil qilish va prognozlash bilan shug‘ullanadi.
Shu bilan birga yangi vazirlik davlat axborot siyosatini ishlab chiqish, barcha davlat organlarining axborot faoliyati va faolligini muvofiqlashgtirish va nazorat qilish, davlat axborot buyurtmasi va hukumat tomonidan ajratilgan mablag‘larning samaradorligini rejalashtirish va tahlil qilish bilan ham shug‘ullanadi.
Shuningdek, vazirlik iqtisodiyotning zamonaviy segmenti sifatida Qozog‘iston OAVlarni rivojlantirish uchun investitsiyalar va innovatsiyalarni jalb qilish, axborot xavfsizligini ta'minlash uchun axborot mahsulotlari sifatini oshirish, aholi bilan o‘zaro harakatlar kanallarini yo‘lga qo‘yish uchun javobgar bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025