Sport | 10:17 / 05.05.2016
8209
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada o‘yinlari tarixida ilk marta ona va bola sportchilar juftligi ishtirok etadi

Gruziyalik mergan sportchilar Nino Salukvadze va Tsotne Machavariani 2016 yilning yozida Braziliyada o‘tadigan yozgi olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi. "Olimpstats" nashri ma'lumotiga ko‘ra, pnevmatik to‘pponchadan o‘q uzish bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etadigan bu sportchilar Olimpiada o‘yinlari tarixiga ilk ona-bola dueti sifatida kiradi.

18 yoshli Machavariani uchun bu faoliyatidagi ilk olimpiada. Uning 47 yoshli onasi Salukvadze esa bungacha 7 marta olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishga ulgurgan. Uning hisobida olimpiada o‘yinlarida olingan 3ta medal ham bor (bittadan oltin, kumush va bronza medallari).

Rio-de-Janeyro Olimpiadasi shu yilning 5-21 avgust kunlarida bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid