Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
U o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvga berilgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Interpol milliy markaziy byurosi xalqaro qidiruvdagi shaxsni ekstraditsiya qildi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qidiruvdagi shaxs O‘zbekiston MMB Interpol kanallari orqali o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikni sodir etgani uchun qidiruvga berilgan bo‘lgan. Interpolning Tbilisi shahridagi Milliy markaziy byurosi bilan o‘tkazilgan muvofiqlashtirilgan tadbirlar natijasida qidiruvdagi shaxs Gruziya hududida aniqlanib, qo‘lga olingan.
Gruziya Adliya vazirligi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi iltimosnomasini qanoatlantirgach, ekstraditsiya qilingan shaxs keyingi protsessual harakatlarni o‘tkazish hamda javobgarlikka tortish uchun Toshkent shahriga olib kelingan.
Avvalroq firibgarlikda ayblangan shaxs Interpol orqali BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.
Mavzuga oid
12:25
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
20:20 / 21.06.2026
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
14:12 / 26.05.2026