Sport | 09:21 / 06.05.2016
4856
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» Beylni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi

«Real» jamoasi yarimhimoyachisi Garet Beyl madridliklar klubi bilan yangi shartnoma imzolaydi.

The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, «Real» rahbariyati uelslik futbolchi bilan yangi shartnoma tuzmoqchi va buni tezlashtirish uchun uning maoshini balandlatib bermoqchi. Yangi shartnomaga ko‘ra Beyl haftasiga 424 ming yevro oladi va jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. Taqqoslash uchun buncha miqdordagi maosh«Barselona» hujumchisi Lionel Messiga to‘lanadi.

Ayni vaqtda Beylning maoshi haftasiga 378 ming yevroni tashkil etadi.

Xabar qilinishicha, futbolchi bilan yangi shartnoma 2021 yilgacha tuziladi.

Mavzuga oid