Germaniyaning «Bavariya» jamoasi darvozaboni Manuel Noyyer Çempionlar ligasi ¼ finalida «Real»ga qarşi öyinda jarohat oldi. Madridda bölib ötgan uçraşuv Myunxen jamoasining 2:4 hisobidagi mağlubiyati bilan yakunlandi. 

Sport Bild jurnali vakili Tobias Altşefflning Twitter sahifasida xabar qilişiça, Noyyer Madridning «Santyago Bernabeu» öyingohini qöltiq tayoqda tark etgan va katta ehtimol bilan tovonida olgan jarohati sabab mavsum sönggini ötkazib yuboradi. «Bavariya» matbuot xizmatining rasmiy saytida yozilişiça, Noyyerning tovoni singan. Darvozabon jarohatni «Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduning uçinçi goli vaqtida olgan.