Sport | 22:36 / 07.05.2016
7331
2 daqiqa o‘qiladi

"Bavariya" ketma-ket 4 marotaba Germaniya chempioni bo‘ldi 

"Bavariya" Bundesliganing 33-turida "Ingolshtadt"ni mehmonda 1:2 hisobida yutib, muddatdan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.   

Myunxenliklar safida Robert Levandovski ikkita to‘p kiritdi, hujumchi gollardan birini penaltidan urdi. Mezbonlar futbolchisi Moritts Xartmann 11 metrlik jarima nuqtasidan bitta javob to‘pini kiritdi.  

"Bavariya" Bundesliga tarixida birinchi bo‘lib ketma-ket 4 marotaba Germaniya chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Myunxen klubi o‘zining Bundesligadagi chempionlik soni bo‘yicha rekordini yangiladi va 25-marotaba bu unvonga sazovor bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarni Dortmundning  "Borussiya" va Myonxengladbaxning "Borussiya" klublari egallamoqda, ikkala klub 5 marotabadan Germaniya chempioni bo‘lgan. 

Shuningdek, turdan o‘rin olgan Dortmundning "Borussiya"si va "Ayntraxt" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Dortmundliklar 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishdi hamda chempionatning tugashiga bir tur qolganda myunxenliklardan o‘tib ketish uchun barcha imkoniyatlardan mahrum bo‘lishdi: "qovoqarilar"da 77 ochko, myunxenliklarda 85 ochko bo‘ldi.

Germaniya Bundesligasi. 33-tur
Ingolshtadt 04  – Bavariya – 1:2
Gollar:
Levandovski, 15 (0:1, pen); Levandovski, 32 (0:2); Xartmann, 42 (1:2, pen).

Ayntraxt F – Borussiya D – 1:0
Gol:
Aygner, 14 (1:0).

Mavzuga oid