Enrike avtobus qöyişdan tortinmadi

«Bavariya» – «PSJ» 1:1
Gol: Dembele, 3 (0:1). Keyn, 90+4 (1:1)
«Bavariya»: Noyyer, Upamekano (Karl, 85), Ta (Kim Min Je, 68), Stanişiç (Deyvis, 68), Laymer, Kimmih, Pavloviç, Musiala (Jyekson, 79), Dias, Olise, Keyn
«PSJ»: Safonov, Markinios, Paço, Nunu Mendeş (Mayulu, 85), Zair-Emeri, Vitinya, Joau Neveş, Ruis (Beraldo, 76), Kvaratsxeliya, Due (Ernandez, 76), Dembele (Barkolya, 65)
Ogohlantirişlar: Ta, 33. Dias, 78. Kimmih, 90 – Nunu Mendeş, 8. Kvaratsxeliya, 45. Markinios, 86
Birinçi öyin: 4:5

«Bavariya» va «PSJ» Parijda keçgan birinçi bahsda mavsumning eng yaxşi öyinini ötkazib berişgandi, muxlislar esa ikki hafta ötib öşa öyinning takrorini kutişdi. Öyindan oldin parijliklar ustozi Luis Enrike jamoasi hisobdagi ustunlikka qaramay, ğalaba uçun öynaşini aytdi, ammo u amalda şu kuni himoyaviy öyin tanladi.

Uçinçi daqiqadayoq mehmonlar hisobni oçgani bunda yanada qöl keldi. «PSJ» tezkor qarşi hujum uyuştirdi, bu vaqtda «Bavariya» himoyasi şu qadar yuqorida joylaşgandiki, maydon markazida Ruis bilan devor uslubida öynab, oldinga taşlangan Xviçani heç kim qarşi olmadi. Keyin esa gurjistonlik vinger jarima maydonida töp uzatiş uçun uçta böş şerigidan birini tanlaşi kifoya qildi.

Kvaratsxeliya olis ustun yaqiniga yetib kelgan Dembelega pas berişga qaror qildi. Fransuz hujumçisi esa heç qanday qarşilikka uçramasdan töpni bir teginişda darvoza töriga joylaştirdi. Ötkazib yuborilgan tezkor goldan keyin «Bavariya» ikki töp farqni yöqqa çiqarişi kerak bölgan vaziyatda qoldi.

Va «Bavariya»da buning uçun birinçi bölimning özidayoq yetarliça vaziyatlar yuzaga keldi. Olise çap qanotdan jarima maydoniga yaqinlaşib olis burçak tomon yöllagan zarbaga biroz aniqlik yetişmadi, biroz ötib Musiala yerlatib tepgan töpni Safonov tösib qoldi.

Lekin birinçi bölimda eng köp muhokama qilingan vaziyatlar bular emasdi. Öyin boş hakami Joau Pedru Pineyra ikki vatandoşiga qizil kartoçka va mehmonlar darvozasiga penalti qöyişni xohlamadi.

Avvaliga öz jamoasi jarima maydoni içida Vitinya töpni qöli bilan öynadi, bu vaziyatda uning qöli tabiiy holatda emasdi. «Bavariya» futbolçilari penalti sörab hakamga taşlanişdi, ammo u qarorini özgartirmadi. Katta ehtimol bilan, u bu qarorini töp darvoza sohasi tomon bormayotgani bilan izohlagan, lekin futbolçi bu vaziyatda ehtiyotsizlik bilan qölini yuqoriga kötargani fakt edi.