Jahon | 18:32 / 08.05.2016
6206
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikistonda Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 500 dollardan pul berildi
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 71 yilligi munosabati bilan mamlakatdagi 639 nafar urush qatnashchisiga 2 ming somoniydan (255 dollar) pul mukofoti berishga farmon berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, respublika moliya vazirligi ushbu pullarni mamlakat prezidentining zaxira fondidan olib, ishlatishi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, ma'lum qilishlaricha, viloyat va shahar rahbarlari faxriylarga moddiy yordam ko‘rsatib, ularga 1,5 ming somoniy, tuman rahbarlari esa qo‘shimcha 500 somoniydan bermoqda.
Shunga muvofiq, Tojikistonda yashovchi 639 nafar faxriyning har biri bayram kuni munosabati bilan 4 ming somoniydan (510 dollar) mukofot puli oladi.