OAV: Falastin 2016 yil oxirigacha Interpol a'zosi bo‘lishi mumkin
Falastin davlati 2016 yil oxirigacha Interpol a'zosi bo‘lishi mumkin, deb ma'lum qildi Yevropa Ittifoqi isntitutlariga yaqin bo‘lgan Bruxelles2 axborot portali.
"Falastin yil oxirigacha politsiya hamkorligi xalqaro tashkiloti – Interpolga qo‘shilish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega", deb yozmoqda portal.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Falastin hukumatiga Interpol tomonidan talab qilinadigan texnik va qonunchilik talablariga muvofiqlikka erishishda tashkilotning sobiq xodimi va Bryussel xalqaro aeroportining xavfsizlikni nazorat qilish bo‘yicha bosh inspektori, belgiyalik Yori Van Nuffel ko‘mak ko‘rsatmoqda. Ayni vaqtda Van Nuffel Yevropa Ittifoqining Falastin muxtoriyatiga ko‘mak ko‘rsatish missiyasi (EUPOL COPPS) xodimi hisoblanadi.
Falanstin Interpolga qo‘shilish haqidagi arizani 2015 yil avgustda topshirgan. G‘azoda bu qadam xorijga qochib ketgan fuqarolar, "ayniqsa, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanayotganlarni" qidirishni tashkillashtirish zaruriyati bilan tushuntirildi. Falastin rasmiy agentligi VAFA hisob-kitobiga ko‘ra, Falastin davlat sifatida 40 dan ko‘proq xalqaro tashkilot va ko‘ptomonlama huquqiy tartiblarga qo‘shilgan.
Mavzuga oid
23:39 / 12.11.2024
Bangladesh Interpoldan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olishda yordam so‘radi
20:47 / 12.11.2024
“Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz” - Shavkat Mirziyoyev
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
14:47 / 07.11.2024