Sport | 15:47 / 09.05.2016
3485
1 daqiqa o‘qiladi

«Vest Hem» keyingi mavsum uchun 50 mingta abonement sotdi

«Vest Hem» jamoasi Londondagi «Boleyn Graund» nomli stadiondan Olimpiya stadioniga ko‘chib o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma'lum qilinishicha, jamoa keyingi mavsum uchun 50 mingta abonement sotishga ulgurgan. Qayd etish kerak, stadionning sig‘imi 60 ming kishini tashkil qiladi. Abonementlarni olishda fan-klub a'zolarida imtiyozlar bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, jamoa ancha vaqtdan buyon 35 ming tomoshabin sig‘imiga ega «Boleyn Graund» stadionida o‘ynab kelgach, yangi mavsumdan Olimpiya stadionini yiliga 2,5 mln funt miqdorida ijara haqi to‘lash evaziga foydalanishni boshlashga kelishdi.

Jamoa yangi stadionidagi ilk uchrashuvni Betway Cup tijoriy turniri doirasida 7 avgust kuni «Yuventus»ga qarshi o‘tkazadi.

Mavzuga oid