08:34 / 07.01.2017
5129

Angliya kubogi. «Manchester Siti» «Vest Hem»ni mehmonda tor-mor keltirdi

Angliya kubogining 1/32 final bosqichi doirasidagi dastlabki uchrashuvda «Manchester Siti» «Vest Hem» mehmoni bo‘lib keyingi bosqich masalasini hal qildi. 

Uchrashuvda Gvardiola shogirdlari raqiblarini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi Yaya Ture (penaltidan), David Silva, Serxio Aguero va Jon Stounzlarning goli yoniga Hovard Nordtveytning avtogoli ham qo‘shildi. 

Natijada «Manchester Siti» kubokning 1/16 final bosqichiga yo‘llanma oldi. «Vest Hem» turnir bilan erta xayrlashadigan bo‘ldi.

Angliya kubogi
3-raund

Vest Hem – Manchester Siti 0:5 (0:3)

Gollar: Ture (33, penalti), Nordtveyt (41, avtogol ), Silva (43), Aguero (50), Stounz (84).
Vest Hem: Adrian, Ogbonna, Rid, Kressuell, Nordtveyt, Fernandesh, Obiang, Lansini (Nobl, 58), Feguli, Antonio (Fletcher, 72), Kerroll (Payyet, 58).
Manchester Siti: Kabalero, Stounz, Sanya, Sabaleta, Klishi, Otamendi, Silva (Nolito, 58), de Bryuyne (Aleysh Garsiya, 68), Sterling, Ture (Delf, 78), Aguero.

Top