Jahon | 16:53 / 10.05.2016
5513
1 daqiqa o‘qiladi

AFP: Pokiston sobiq bosh vazirining 3 yil oldin o‘g‘irlab ketilgan o‘g‘li Afg‘onistondan topildi

Pokistonning sobiq bosh vaziri Yusuf Rozi G‘iloniyning 3 yil oldin o‘g‘irlab ketilgan 30 yoshli o‘g‘li Ali Haydar G‘iloniy 10 may kuni Afg‘oniston hududida ekani aniqlandi. Bu haqda AFP xabar tarqatgan.

Pokiston TIV tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, sobiq bosh vazirning o‘g‘li amerikalik va afg‘onistonlik harbiylar bilan hamkorlikda Afg‘oniston sharqidagi G‘azna viloyati hududida o‘tkazilgan maxsus amaliyot orqali ozod etilgan.

2013 yili Ali Haydar G‘iloniy saylov arafasidagi miting vaqtida o‘g‘irlangandi. Uni tolibonlar o‘g‘irlab ketgani taxmin qilingandi.