O‘zbekiston | 18:03 / 10.05.2016
6104
1 daqiqa o‘qiladi

USAID O‘zbekistonga 2,2 mln dollarlik dori vositalarini yetkazib berdi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va Project HOPE O‘zbekistonga beg‘araz dori vositalarini taqdim etdi. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar qildi.

GlaxoSmithKline va Merk Sharp & Dohme farmatsevtika kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan 2,255 mln dollarlik dori vositalarini AQShdan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi yetkazib berdi.

Dori vositalarini topshirish marosimida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori Jorj Deykun, «Project HOPE» tashkilotining Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Mariam Sianozova va boshqalar ishtirok etdi.

1992 yildan buyon AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonga 356 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda ko‘mak ko‘rsatgan.

 

Mavzuga oid