AQŞ prezidenti Donald Tramp allaqaçon tasdiqlangan budjet xarajatlari — taşqi yordam dasturlari va jamoat teleradiokompaniyalarini moliyalaştirişdan 9 milliard dollarni qisqartiriş böyiça qonun loyihasini imzoladi.
Ajratilgan 9 milliard dollarning qariyb 8 milliard dollari endilikda AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning epidemiyalar, uruşlar va tabiiy ofatlardan keyin xorijiy mamlakatlarga yordam berişga qaratilgan dasturlari hisobidan qaytariladi. Agentlik yopilgaç, uning bir qator funksiyalari AQŞ Davlat departamentiga ötkazildi.
Bundan taşqari, NPR va PBS jamoat teleradiokompaniyalarini moliyalaştiriş uçun Jamoatçilik teleradiokorporatsiyasiga yuborilgan 1,1 milliard dollar qaytariladi. Bu kompaniyalar uçun ikki yillik budjetdir. Bu pulning katta qismi butun mamlakat böylab 1500 dan ortiq mahalliy jamoat radio va televideniyesi örtasida taqsimlanadi.
Prezident taşabbusi bölgan qonun loyihasi Tramp imzolaşdan oldin Kongressda ovoz berişdan ötdi. Demokratlar bir ovozdan qisqartirişni rad etdi, ammo ularni töxtatişga ojizlik qildi, çunki respublikaçilar ikkala palatada ham köpçilikni taşkil qiladi.













