O‘zbekistonlik dzyudochilar kuchlilar reytingiga kiritildi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirdan so‘ng sportchilarning yangi Olimpiya reyting jadvalini e'lon qildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Jadvalda 60 kilogrammgacha vazn toifasida Diyorbek O‘rozboyev 7, Sharofiddin Lutfullayev 11, vazni 66 kilogrammgacha dzyudochilar o‘rtasida Rishod Sobirov 9, 73 kilogrammgacha vazn toifasida Mirali Sharipov 10 o‘rinni egallagan.
Shuningdek, o‘z vazn toifasida Shahzodbek Sobirov 20, Yahyo Imomov 26, Sherali Jo‘rayev 24, Ramziddin Saidov 31, Abdulla Tangriyev 19 o‘rinda qayd etilgan.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma'lum qilishlaricha, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari uchun reyting ochkolar beruvchi musobaqalar 29 mayga qadar davom etadi. Qoidaga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida reyting jadvalida har bir vazn toifasida 1-22 o‘rinlarni band etgan polvonlar Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:47 / 01.08.2024
Muzaffarbek To‘raboyev - Olimpiya o‘yinlari sovrindori
11:35 / 07.08.2023
12 yillik tarix yangilandi: O‘zbek dzyudochisi yana «Masters» turnirining g‘olibiga aylandi
16:56 / 12.12.2019
Dzyudo. «Masters» turnirida ikkita bronza medali qo‘lga kiritildi
20:06 / 25.10.2019