Jahon | 19:52 / 11.05.2016
3811
2 daqiqa o‘qiladi

Yamanda harbiylar kolonnasiga xudkush hujumi uyushtirilishi tufayli 8 kishi halok bo‘ldi

Yaman hukumati harbiylari kolonnasiga terrorchi xudkush tomonidan hujum uyushtirilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, shundan 6 nafari harbiy va ikkisi tinch aholi vakili. Bu haqda mamlakat xavfsizlik kuchlari vakiliga asoslanib Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Yaman sharqidagi al-Katan shahri yaqinida terrorchi kolonna yaqiniga avtomobilda yaqinlashib kelgan va portlovchi qurilmani ishga tushirgan. Hujum natijasida 17 kishi turli darajada tan jarohatlari olgani aytilgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, harbiy kolonna tarkibida mamlakat shimoli-sharqidagi armiya bo‘linmasi qo‘mondoni hisoblanadigan general Abdurahmon al-Xaliliy ham bo‘lgan. General o‘rta darajada jarohatlangani aytilgan.

Bu hujum uchun javobgarlikni hozircha hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Yamanda bir tomonida sobiq prezident Abdulla Salohning tarafdorlari hamda shialar (husiychilar), ikkinchi tomonida mamlakatning amaldagi prezidenti Abd Rabbo boshliq sunniylar turgan tomonlar o‘rtasida nizolar 2014 yilning avgustida boshlangandi. Lekin 2015 yilning 26 martida qonuniy hukumatni qo‘llash maqsadida Yamanda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya harbiy amaliyotlar boshlagach vaziyat yanada murakkablashdi.BMT ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan vaqt ichida 6,4 ming kishi qurolli to‘qnashuvlar tufayli halok bo‘lgan va 30 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.Ayni vaqtda mamlakat poytaxti Sano isyonchilar qo‘lida qolmoqda. Arab koalitsiyasi 2015 yilning aprelida mamlakat janubidagi port shahar Adandan isyonchilarni quvib chiqargach, bu shaharga Abd Rabbo hukumati joylashgan va shahar Yamanning vaqtinchalik poytaxtiga aylangan.