Jahon | 10:44 / 11.05.2016
3113
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriya prezidenti Kemeronning Nigeriyadagi korrupsiya haqidagi bayonotidan hayratlandi

Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning uning mamlakati rahbarlarining qing‘irligi to‘g‘risidagi e'lonidan qattiq hayratga tushganini bildirdi. Bu haqda Independent nashri xabar qildi. 

Nigeriyalik siyosatchi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Buxoriy bosh vazir balki Nigeriya tarixidagi rahbarlar to‘g‘risida so‘zlagani to‘g‘risidagi gumonini bildirgan.

Bundan oldinroq, Kemeron bir qator vazirlar va qirolicha Yelizavetoy II ishtirokidagi yig‘ilish vaqtida mikrafon yoqiqligini bilmagan holda Afg‘oniston va Nigeriyada korrupsiya urchib ketgani haqida gapirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish