Tillafurushlarning jinoiy qilmishiga chek qo‘yildi
SVOJJDLQK departamentining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tillafurushlarning jinoiy qilmishiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.
Fuqarolar G‘.Aliyev va T.Zokirovlarning (ism-familiyasi o‘zgartirligan) departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasiga yo‘llagan yozma murojaati bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida M.Mamadaliyev va R.Toyirovlarning qilmishi fosh bo‘ldi. Ular fuqarolarga tamg‘ali 10 rubl qiymatdagi jami 30 dona sariq metall tangalarni 15 ming AQSh dollariga sotayotganda ushlanib, tangalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan M.Mamadaliyev va R.Toyirovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan qonuniy jazo tayinlandi.