Qodirovdan arz qilgan kishining oilasi Chechenistondan deportatsiya qilindi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Qodirov ustidan arz qilgan Ramazon Jaloliddinovning oilasi Chechenistondan deportatsiya qilindi. Bu haqida "Novaya gazeta" ma'lum qildi.
Xabar berilishicha, Jaloliddinovning turmush o‘rtog‘i va farzandlarini Dog‘istonning Xasavyurtiga olib borib "Chechenistonda boshqa qorangizni ko‘rsatmang" deyishgan.
Avvalgi xabarlarda Chechenistonning Sharoy tumani Kenxi qishlog‘ida yashovchi Ramazon Jaloliddinov Putinga Qodirovdan arz qilib, videomurojaat yuborganidan so‘ng uning uyiga o‘t qo‘yilgani ma'lum qilingandi.
Jaloliddinovning turmush o‘rtog‘i yarim tunda ularning uyiga niqobli kishilar kelib, "ularni qutqarishga" kelishganini ma'lum qilishganini bildirdi. Ularni mashinaga o‘tqazib, ko‘prik ostida tashlab ketishgan.