00:01 / 14.05.2016
7859

Amazon ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun yangi qurilma ishlab chiqardi 

Audiokitoblar – juda ham qiziqarli va ajoyib qurilma. Agar asarni original talqini yoki hech qanday qisqartmalarsiz yozilgan yaxshi tarjimasini o‘qishni istasangiz, biroq ko‘rish qobiliyatingiz pasaygan yoki yo‘qolgan bo‘lsa, u holda qanday yo‘l tutish kerak? Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida  Amazon kompaniyasi Kindle Audio Adapter qurilmasini ishlab chiqardi.

Mazkur mahsulot original elektron kitoblarning karnaylari yoki quloqchinlariga ulanishga yordam beradi. VoiceView funksiyasi esa  og‘zaki nutqni bosma matnga ko‘chirib, o‘zgartirib beradi. Adapter yordamida foydalanuvchi o‘qish tezligini (8 turdagi tezlik mavjud) rostlashi va  aksessuarning o‘zida boshqarib turishi mumkin.

Hozircha adapter 140 dollarga faqatgina Kindle Paperwhite Blind va Visually Impaired Readers Bundle qo‘llanmasini harid qilinganda Kindle Paperwhite elektron kitobi bilan birga sotilmoqda. Yordamchi qurilmaning narxi – 20 dollar. Biroq Amazon yigirma dollarni foydalanuvchi hisobiga qaytarib bermoqda.

Adapter ishga tushirilganda kitob quvvati 6 soat to‘xtovsiz ishlash imkoniga ega. Kindle Audio Adapter qurilmasi faqatgina Kindle mahsulotlari bilan birga ishlay oladi va unda musiqa tinglashning imkoni mavjud emas.

Mavzuga oid
Top