Amazon asosçisi Jyeff Bezos iyun oxirlarida kompaniyasining 3,3 milliondan ortiq aksiyalarini jami 736,7 million dollarga sotdi. Bu haqda AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar böyiça komissiyasiga yöllangan hujjatlarda söz boradi.

Qayd etilişiça, qimmatli qoğozlar mart oyida e’lon qilingan reja asosida sotuvga çiqarilgan. Uşbu reja 2026 yil 29 maygaça Amazonʼning 25 milliontagaça aksiyalarini sotişni nazarda tutadi.

Jyeff Bezos sönggi yillarda muntazam ravişda kompaniya aksiyalarini sotyapti, biroq u hanuzgaça Amazonʼning eng yirik yakka tartibdagi aksiyadori bölib qolmoqda. 2022 yildan beri u Amazonʼning taxminan 44 milliard dollarlik aksiyalarini sotgan.

Oldinroq u har yili Amazonʼning 1 milliard dollarlik aksiyalarini sotişni rejalaştirayotganini aytgandi — bu mablağlar uning aerokosmik kompaniyasi Blue Origin faoliyatini moliyalaştiriş uçun işlatiladi.

Joriy yil boşidan buyon Amazonʼning kapitalizatsiyasi 0,5 foizga ösib, 2,34 trillion dollarga yetgan.