Anglashilmovchilik tufayli 23 yil qamoq jazosini o‘tab chiqqan xitoylik kompensatsiya oldi
Noto‘g‘ri chiqarilgan qaror bois umrining 23 yilini qamoqda o‘tkazgan XXR fuqarosi mamlakat hukumatidan 2,8 million yuan (taxminan 420 ming dollar) kompensatsiya oldi. Bu haqida Xitoy xalqaro radiosi xabar berdi.
Chen Man 1992 yilda Xaykou shahrida (Xaynan provinsiyasi) bir erkak kishi halok bo‘lgan turar joyni yoqib yuborishda ayblanib hibsga olingan edi. 1994 yilda sud uni o‘lim jazosiga hukm qilib, uning ijrosi kechiktiriladi. U politsiyaning bosimi ostida qilmagan jinoyati uchun yolg‘on iqror bo‘lganini aytadi. Chen Man XXR xalq prokuraturasiga kassatsion da'vo arizasi yozadi, bu ariza 2015 yilning fevralida Xitoy xalq sudiga yetkaziladi. Mazkur jinoiy ishni qayta ko‘rib chiqish Chjetszyan provinsiyasi sudiga uzatiladi va sud uni aybsiz deb topadi. U 2016 yilning fevral oyida ozodlikka chiqadi.
Xaynan provinsiyasi sudi Chen Manning kompensatsiya talab qilishi qonuniy deb hisoblab, talab qilinayotgan summaning bir qismini to‘lashga qaror chiqardi.
Ozodlikka chiqqandan so‘ng Chen Man kompensatsiya sifatida hukmatdan 9,65 million yuan (1,48 million dollar) talab qildi. Shu summadan 1,85 million yuanni uni ozodlikdan mahrum qilgani uchun Xaykou sudidan undirilishini bildirdi. Bundan tashqari 100 ming yuan tibbiy ehtiyojlarini qoplashga, ish joyini yo‘qotganligi uchun tovon puli sifatida 3,7 million yuan va sud tortishuvlariga sarflangan xarajatlarni qoplash uchun 1 million yuan talab qildi.