Jamiyat | 17:33 / 14.05.2016
7717
1 daqiqa o‘qiladi
Samarqand Davlat universitetidagi “olg‘ir”lar harakatiga chek qo‘yildi
SVOJJDLQK departamentining tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand Davlat universiteti tarix fakultetining talabasi Sobir Nurtoyevning pora oldi-berdisidagi vositachiligiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Fuqarolar Asror Halilov va Zuhriddin Beshimovdan (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, pora olish va berishda vositachilik qilib, ularning har biridan 10 ming AQSh dollaridan oladi. Bu pullarni mazkur fakultetning dekani Shoislom Kurtovga pora tariqasida bermoqchi bo‘lgan vaqtda har ikkisi ham ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan ularga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.